"ZUKKO MATEMATIK-2025" TANLOVI

"Zukko matematik-2025" tanlovi matematika fani bo’yicha o’quvchilar orasidan ENG ZUKKO, BILIMDON yosh matematiklarni aniqlash tanlovi.

Har bir o'quvchi, bilim darajasidan qat’iy nazar, tanlovda ishtirok etishi mumkin.


3-4-5-6 sinflar o`rtasida
"ZUKKO MATEMATIK"
tanloviga ishtirok etish narxi 80 000 so’m.

Ro`yxatdan o`tish 7-FEVRAL gacha
Tanlov o`tkazilish sanasi 9-FEVRAL


Tanlov qoidalari

Imtihon o’tkazilish vaqti 1 soat 15 daqiqa davom etadi. Tanlov vazifalari 1-4 sinf o'quvchilari uchun 24 ta savoldan tashkil topgan bo'lib, 5-11 sinf bolalari uchun esa 30 ta vazifalardan tashkil topadi. Har bir savolga bor yo’g’i bitta to’g’ri javob mavjud. Vazifalar uch darajaga bo'lingan: 1-10 savol odatda kulgili 3 ball - oson; 11-20 savol 4 ball - maktab dasturiga yaqin vazifalar; 21-30 savol 5 ball qiyin, chuqur fikrlashga undaydigan vazifalar. Belgilangan vazifaning doirasi va mazmuni uning to'liq bajarilishini talab qilmaydi; Vazifa savollariga maktab dasturidan tashqari savollardan ham tashkil topishi mumkin! Tanlov qatnashchisi eng ko’pi bilan 126 ball (1-4 sinflar uchun), 150 ball (5-11 sinflar uchun) yig’ishi mumkin. Tanlov davomida o’quv qo’llanmalardan, konspektlardan, elekton hisoblagichlardan, boshqa elektron uskunalardan foydalanish va boshqa qatnashchilar bilan masalalarning echimlarini va javoblarini muhokama qilish man etiladi. Tanlov o’tkazilishi rasman tugatilmagunga qadar tanlov o’tkazilayotgan joyni tark etish qat’iyan man etiladi. Agarda bunga qattiq zarurat paydo bo’lgan bo’lsa qatnashchi qo’lini ko’tarib tashkilotchilarning yordami bilan galma-galdan xojatxonadan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari tanlov qatnashchisi o’z chanqoqlarini bosishlari maqsadida tashkilotchilardan suv so’rashlari mumkin (har bir imtixon o’tkazilishi ko’zda tutilgan xonalar suv va bir marotaba ishlatish uchun mo’ljallangan idishkar bilan ta’minlangan). Xojatxonaga chiqish uchun ajratilgan vaqt tanlov o’tkazilish vaqtini uzaytirilishiga olib kelmaydi. Tanlov vazifalari ustida mustaqil va halol ravishda ishlash - musobaqa ishtirokchilariga qo’yilgan tashkilotchilarning asosiy talabi; Ushbu talabga rioya etmaslik ishtirokchilarni tanlovdan chetlashtirilishlariga olib keladi, ya'ni ularning natijalari hisoblanmaydi. Tanlov yakunlanganidan so'ng, imzolangan javoblar varaqasi tanlov tashkilotchilariga topshiriladi. Hisob kitob uchun ishlatilgan varaq va tanlov vazifalari to’plamini tanlov qatnashchisi o’zi bilan olib ketishi mumkin. Tanlov ishtirokchilarining natijalari 3-soat ichida qo’shimcha ma’lumot shaklida taqdim etiladi.

RASMIY TELEGRAM KANAL: t.me/realedu_olimpiada